Pentagon Suriyaga qo‘shimcha 200 harbiyni jo‘natmoqchi

Foto: RIA "Novosti"
Pentagon rahbari Eshton Karter Manamadagi anjumanda AQSh Suriyaga IShID jangarilaridan Rakka shahrini ozod qilish uchun qo‘shimcha 200 harbiyni jo‘natishi haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
“Suriyaga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natish haqidagi so‘nggi qaror sheriklarimizni IShID bilan kurashda qo‘llab-quvvatlashning yana bir belgisidir”, - deya Karterning so‘zlarini keltirgan AQSh mudofaa vazirligi tvitterda.
Karterning ta'kidlashicha, Suriyaga maxsus xodimlar murabbiylari, maslahatchilar, shuningdek minalardan tozalash bo‘yicha mutaxassislar jo‘natiladi.
Mavzuga oid

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

20:32 / 05.06.2025