Merkel: Xitoyga nisbatan avvalgi siyosatni davom ettiramiz

Foto: © AFP
Germaniyaning XXRga nisbatan siyosati o‘zgarishsiz qoladi, deb ma'lum qildi GFR kansleri Angela Merkel Berlindagi matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Tayvan bilan munosabatlar haqidagi fikrlariga qaramay yuz beradi.
“Biz Xitoyga nisbatan avvalgi siyosatni davom ettiramiz (“yagona Xitoy” siyosati) va o‘z pozitsiyalarimizni o‘zgartirmaymiz”, - deya aytib o‘tdi kansler.
Avvalroq, Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Pekin Tayvan bilan munosabatlarda o‘z ta'sirini o‘tkazishiga imkon bermasligini ma'lum qilgandi. U AQSh nima uchun “yagona Xitoy” siyosatiga amal qilishi kerakligini tushunmasligini ham aytib o‘tdi.
XXR TIV vakili Gen Shuan esa bunga javoban “jiddiy tashvishda” ekanini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, “yagona Xitoy siyosati” prinsipi ikki mamlakat munosabatlari rivojidagi siyosiy asosdir.
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025