Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidentining dugonasi maxsus prokurorlar tomonidan so‘roq qilindi

Foto: AFP
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi - Tsoy Sun Sil shanba kuni maxsus prokurorlar tomonidan so‘roq qilinish uchun olib kelindi. Bu unga qarshi qo‘yilgan ayblovlar bilan bog‘liq, deb xabar berdi Renxap agentligi.
Tsoy Sun Silni prezidentga bo‘lgan ta'siridan manfaat ko‘rish ilinjida foydalanish, korrupsiya, yirik korporatsiyalarga bosim o‘tkazish va tamagirlikda ayblashmoqda. U Seul janubida joylashgan maxsus prokurorlar idorasiga mahkumlar kiyimi va tibbiyot maskasida olib kelingan.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya prezidenti atrofidagi siyosiy va korrupsiya bilan bog‘liq mojaro Pak Kin Xe yaqin dugonasi Tsoy Sun Silga o‘nlab prezident nutqlari matni, ular omma oldida o‘qib eshittirilishidan avval “sizib chiqqani” sabab oshkora ravishda uzr so‘raganidan so‘ng avj oldi.
Tsoy Sun Sil Janubiy Koreya hukumatida hech qanday rasmiy lavozimlarga ega emas. U hibsga olingan. Silga xizmat vazifalarini suiiste'mol qilish va korrupsiya bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

13:16 / 01.08.2025
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025