Turkiya ShHTga a'zo bo‘lish uchun rasman murojaat qilmagan

Foto: ria.ru
Turkiya Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo bo‘lish uchun ariza topshirmagan. Bu haqida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovning ma'lumotiga aslsanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Turkiyaning ShHTga a'zo bo‘lishiga kelsak, bu, birinchidan, Turkiyaning qaroridir. Hozircha Turkiyadan bu borada rasmiy ariza kelib tushgani yo‘q. Tashkilotga a'zo bo‘lish uchun u yoki bu mamlakatni qabul qilish ShHTning barcha a'zolari vakolati hisoblanadi. Bu masalada konsensus tashkillashtirish kerak. OAVdagi xabarlarni hamma eshitgan, biroq bu hali rasmiy murojaat hisoblanmaydi. Ehtimol, bu shunchaki fikrlarning bayon etilishidir. Bu, albatta, e'tiborni jalb qilmay qolmaydi", - dedi Idrisov seshanba kungi brifingda.
U "fikrni bayon qilishdan to rasmiy a'zolikka qabul qilinguncha - katta masofa" borligini ta'kidladi.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025