Mishel Obamani maymun deb atagan amerikalik yana ishdan haydaldi

Foto: AFP
AQShning Virjiniya shtatidagi notijorat tashkiloti rahbari mamlakatning birinchi xonimi Mishel Obamani “poshnadagi maymun” deb atagani uchun ikkinchi bor ishdan bo‘shatildi. U Facebook’dagi o‘z sahifasida shunday yozuvlarni qoldirgan, deb xabar beradi Reuters.
NKO Clay County Development Corp kompaniyasi rahbari Pamela Teylor lavozimini tashkilotning irqchilikka qarshi siyosatini buzgani sabab tark etgan, biroq keyin yana qaytgan. Kompaniya qashshoq va keksa kishilarga yordam berish bilan shug‘ullanadi.
Ta'kidlanishicha, u Donald Trampning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng o‘zining sahifasida “Oq uyda zamonaviy va chiroyli birinchi xonimni ko‘rishdan mamnun” ekanligi haqida izoh qoldirgan. Ayol Trampning rafiqasi Melanyani nazarda tutgan. Shu bilan bir qatorda, hozirgi birinchi xonim haqida “poshnadagi maymundan charchagani”ni yozgan.
Ushbu xabar oshkor bo‘lib, katta mojarolarni keltirib chiqarganidan so‘ng ayol G‘arbiy Virjiniya va NNT rahbariyati bilan kelishilgan holda ishdan bo‘shatildi.
Mavzuga oid

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

15:46 / 27.04.2025
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025