Toshkentda bayram munosabati bilan bir necha yirik bozorlar ishlamaydi

Foto: Flicr
Toshkent shahrida joylashgan Sergeli avtomobil bozori 4 kun ishlamaydi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bozor 30, 31 dekabr, 1 va 2 yanvar (dushanba – odatdagidek dam olish) kunlari ishlamaydi.
Bundan tashqari, poytaxtimizdagi eng yirik bozorlardan biri O‘rikzor ham 2 kun ishlamasligi ma'lum bo‘ldi. Manbaning xabar qilishicha, bozor 1 va 2 yanvar kunlari o‘z eshiklarini yopadi.
Boshqa bozorlar ma'muriyati bu borada izoh bermadi.
Taxminlarga ko‘ra, bozorlarning ishlamasligi Yangi yil bayrami bilan bog‘liq.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025