O‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari oshirildi
O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan o‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari tasdiqlandi. Shuningdek ta'lim sohasini tartibga soluvchi qoidalarga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida "Norma.uz" saytida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, 1 yanvardan haftalik o‘quv yuklamalari quyidagi tartibda oshiriladi:
bolalar musiqa va san'at maktablari o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi - boshlang‘ich sinflar uchun 22 soatdan 24 soatga va yuqori sinflar uchun 18 soatdan 20 soatga;
sport maktablaridagi ustoz-murabbiylarning o‘quv yuklamasi - 24 soatdan 26 soatga;
"Barkamol avlod" markazlaridagi to‘garaklar rahbarlarining o‘quv yuklamalari - 18 soatdan 24 soatgacha.
Shunga muvofiq ayrim hukumat qarorlariga o‘zgarishlar kiritiladi.
Mavzuga oid

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi

13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi

22:48 / 03.12.2024