Qozog‘istonning BMT xavfsizlik Kengashidagi ustuvor vazifalari e'lon qilindi

Foto: AP
Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashining (XK) nodoimiy a'zosi sifatida tashkilotning 2017 yildagi birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida respublikaning mazkur organ faoliyatidagi ustuvor vazifalariga to‘xtalib o‘tildi. Bu haqida 4 yanvar, chorshanba kuni Qozog‘iston TIVning matbuot xizmati xabar berdi.
Seshanba kungi yig‘ilishda Xavfsizlik Kengashining 2017 yil yanvar oyi uchun ishchi dasturi tasdiqlandi. Qozog‘iston delegatsiyasiga muvaqqat ishlar vakili Barliboy Sodiqov boshchilik qilgan.
"BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolari oldida chiqish qilgan Barliboy Sodiqov Qozog‘istonning mazkur organ faoliyatidagi ustuvor vazifalarini e'lon qildi: preventiv diplomatiya, ishonch chora-tadbirlarining mustahkamlanishi, mojarolarni hal qilish va xalqaro terrorizmga qarshi chiqish", - deyiladi vazirlik xabarida.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, 4 yanvar kuni Kengashning Suriya va Iroqdagi vaziyat bo‘yicha yopiq konsultatsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Manbaga ko‘ra, mazkur oyning eng asosiy tadbirlaridan biri - BMT XKning 10 yanvarda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ochiq debatlari. Debat mavzusi - "Mojarolarni bartaraf qilish va tinchlikni saqlab qolish". Unda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish ishtirok etadi. Qozog‘istondan esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov qatnashadi.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

13:25 / 29.05.2025