Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Braziliya sobiq prezidenti Russeffning impichmentini tashkillashtirishda ayblandi

Dilma Russeff / Arxiv surat
Braziliya prezidenti lavozimidan iste'foga chiqarilgan Dilma Russeffning impichmenti Oq uyning ketayotgan rahbari Barak Obama ko‘rsatmasi bilan tashkillashtirilgan. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Managuada ma'lum qildi.
"Aynan Obama Dilma (Russeff)ni hukumat tepasidan ketkazishga ko‘rsatma bergan. Siz ushbu to‘ntarishga oid hujjatlar paydo bo‘lgach hamda u AQSh elchixonasi tomonidan tashkil etilganini ko‘rgach, mening so‘zlarimni eslaysiz", - deya Venesuela yetakchisining so‘zlarini keltiradi Globovision telekanali.
Braziliyalik senatorlar 2016 yilning 31 avgust kuni ko‘pchilik ovoz bilan avvalroq prezidentlik lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Dilma Russeffga impichment e'lon qilish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bir necha soat o‘tib, oldingi ma'muriyatda vitse-prezident vazifasini bajargan Mishel Temer davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi. Sobiq prezident himoyasi bu qarordan norozi bo‘ldi hamda qonunchilar xatti-harakatini “parlament to‘ntarishi” deb atadi. Russeff ishtirokchilari respublikadagi iqtisodiy vaziyatni tanqid qilgan va hukumat o‘zgarishini talab qilgan ko‘pminglik norozilik aksiyalari sabab iste'foga jo‘natildi.
Mavzuga oid

14:32 / 31.07.2025
AQSh Braziliyadan import uchun bojlarni 50 foizgacha oshiradi

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi

14:23 / 21.07.2025