Fan-texnika | 11:31 / 18.01.2017
5267
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai va KIA 150 ming yo‘ltanlamasini qaytarib oladi

Foto: KIA Sportage

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va KIA Motors kompaniyalari 150 mingga yaqin Tucson hamda Sportage krossoverlarini qaytarib oladi. Ushbu avtomobillarning orqa amortizatorlaridagi nuqsonlarni tuzatish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda, respublika davlat hududlari, infratuzilmalari va transport vazirligi ma'lum qilmoqda. 

"Shunday qilib, 2015 yil 3 martidan 2016 yil 25 iyuliga qadar ishlab chiqarilgan 88 ming 500 dona Tucson yo‘ltanlamasi hamda 2015 yil 1 avgustidan 2016 yil 27 iyuliga qadar konveyerdan chiqqan 61,6 ming dona Sportage krossoveri qaytarib olinadi", - deyiladi hujjatda. 

Hyundai Tucson


 

Mavzuga oid