Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Lockheed F-35 qiruvchilarini sotish bo‘yicha Pentagon bilan kelishib oldi

AQShning Lockheed Martin Corporation aviasozlik kompaniyasi 9 mlrd dollarlik ko‘rinmas qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha Pentagon bilan shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, F-35 qiruvchi samolyotlarining shartnomadagi qiymati birinchi marta 100 mln dollardan past bo‘lgan.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturini bir necha marotaba tanqid qilib, samolyotlar narxi asossiz ravishda qimmat ekanini aytgan edi. Natijada Lockheed F-35 qiymatini tushirishga va'da bergandi.
Agentlikning 3 nafar manbasi so‘zlariga ko‘ra, Pentagonga 90 dona beshinchi avlod qiruvchi samolyotini 9 mlrd dollarga yaqin mablag‘ga sotish bo‘yicha bitim yanvar oyi oxirlarida e'lon qilinadi.
Tramp 18 yanvar kuni F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish xarajatlarini 10 foizga kamaytirishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid

12:26 / 31.07.2025
AQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

21:52 / 04.07.2025