Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi besh yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qanday yangiliklar kutilmoqda?

25 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 3-kun mavzusi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.
Bugungi tadbirda bank tizimi, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jalagining taraqqiy etishi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Shuhrat Teshayevning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, paxta va g‘alla o‘rniga kartoshka, sabzavotlar ekilishi qayd etildi, intensiv bog‘lar barpo etilishi ta'kidlandi.
Shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish, mahsulotlarni saqlash, ularni qayta ishlash, qadoqlash, eksport qilish, yangi texnologiyalar joriy etish, infratuzilmalarni kengaytirish, global iqlim o‘zgarishlarining qishloq xo‘jaligiga salbiy ta'sirlarini yumshatish Harakatlar strategiyasiga kiritilganligi qayd etildi.
Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklariga soliqlar va imtiyozlar masalasida bir qator imtiyozlar yaratilayotganiga e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid

18:58 / 31.07.2025
Dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qilishi aytildi

15:37 / 30.07.2025
Issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

21:50 / 23.07.2025