Melburn yaqinidagi kichik samolyot halokatida necha kishi qurbon bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

Avstraliyaning Melburn shahri yaqinida yengil motorli samolyotning savdo markaziga kelib urilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Beechcraft King Air samolyotining dvigatelida nosozlik paydo bo‘lgan hamda u Essendon aeroportidan parvozga chiqqanidan ko‘p vaqt o‘tmay yaqin atrofda joylashgan savdo markazi tomiga kelib urilgan.
«Samolyotda besh kishi bo‘lgan, aviahalokatda hech kim omon qolmadi», - dedi Viktoriya shtati politsiya komissarining davlat yordamchisi Stiven Lin.
Linning ta'kidlashicha, halokat do‘kon ochilishiga taxminan bir soat vaqt qolganda ro‘y bergan hamda samolyotda bo‘lgan insonlardan boshqa hech kim qurbon bo‘lmagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot to‘qnashuv chog‘ida portlab ketgan.
Avvalroq Melburn shahri yaqinida 5 o‘rindiqli yengil motorli samolyot savdo markazi binosiga kelib urilgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

16:53 / 11.04.2025