Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xalq artisti hayotdan ko‘z yumdi

Rossiya xalq artisti, teatr va kino aktyori Aleksey Petrenko 78 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Rossiya kinematografchilar ittifoqi saytida xabar berildi.
"2017 yilning 22 fevral kuni atoqli rus aktyori Aleksey Petrenko vafot etdi... Rossiya kinematografchilar ittifoqi atoqli aktyor Aleksey Vasilevich Petrenkoning yaqinlari va qarindosh-urug‘lari bilan birga chuqur qayg‘uda. Aleksey Vasilevichning hamkasblari uning yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiradi", - deyiladi xabarda.
Petrenko Ukrainada, Chernigovskiy viloyatida tug‘ilgan. U 1961 yilda Xarkov teatr institutini tugallagan. 1964-1978 yillarda Leningrad teatri, 1978 yildan keyin esa MXAT sahnasida turli rollarni ijro etgan.
RF xalq artisti kino olamida 80ga yaqin qahramonni gavdalantirgan. Uning «Jyestokiy romans» ("Beshafqat romans"), «Uznik zamka If» ("If qal'asi asiri"), «Agoniya» ("O‘lim talvasasi"), «Poxoronite menya za plintusom» ("Meni plintus ortiga ko‘ming") va «Dvadtsat dney bez voyny» ("Yigirma kun urushsiz") kartinalari keng ommaga tanilgan.
Aleksey Petrenko 2010 yilning 23 noyabrida Toshkent shahrida Azina Rasulovna ismli ayolga uylangan. O‘shanda aktyor 72 yoshda bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki

16:12 / 15.01.2025
Taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

16:36 / 30.12.2024