Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya TIVda Kim Chen Namning o‘limiga izoh berildi

Shimoliy Koreya diplomati Chu Yon Tsoy Jyenevadagi qurolsizlanishga bag‘ishlangan konferensiyada KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘limiga izoh berdi. Reuters shu haqida xabar berdi.
"KXDR hech qachon kimyoviy qurol ishlab chiqarmagan, saqlamagan ham - bizning pozitsiyamiz ma'lum. Biz Malayziyadagi voqea yuzasidan bildirilgan taxmin va mish-mishlarni mutlaqo inkor qilamiz", - deydi diplomat.
Bundan avval Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byonse KXDRga nisbatan qat'iy choralar ko‘rishga, jumladan BMTga a'zolik huquqlaridan mahrum qilishga chaqirgandi.
14 fevral kuni Malayziya politsiyasi Kim Chen Namning o‘limini tasdiqladi. Keyinroq aeroportda ikki ayolning unga hujum qilganligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

07:30 / 30.07.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

21:36 / 27.07.2025
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

20:45 / 21.07.2025