Rulda uxlab qolish ayanchli oqibatlarga olib kelishiga yana bir isbot (video)

Xitoyda yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi videosi tarqaldi. Avtobus kabinasida o‘rnatilgan kameralar avtobus haydovchisi uni boshqarayotgan vaqtda uxlab qolganini qayd qilgan. Videodan u bir necha bor uyqudan uyg‘onib, yana uyquga ketganini ko‘rish mumkin. Bunday xavfli safar uzoq davom etmadi: haydovchi o‘zi bilan bir polosada ketayotgan yuk mashinasini payqamay qolib, o‘z vaqtida boshqa polosaga o‘tishga ulgura olmagan va katta tezlikda uning ortidan kelib urilgan.
Zarba shunchalik kuchli bo‘lganki, uning vaqtida kameradagi tasvir bir necha soniyaga yo‘qolib qolgan. Haydovchi to‘qnashuvdan keyin 40 metr o‘tibgina avtobusni to‘xtata olgan. Ma'lum qilinishicha, avtobusda 84 yo‘lovchi bo‘lgan. Bir necha kishi jarohat olgan, bir kishi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq u vafot etgan. Haydovchi politsiya tomonidan hibsga olingan.
Mavzuga oid

09:39 / 14.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

18:45 / 13.05.2025