Peterburglik haydovchi xorijlik sayyohni chuv tushirishga urindi

Illyustrativ foto
Sankt-Peterburgda taksi haydovchisi 17,5 kilometr masofani bosib o‘tishda ko‘rsatilgan xizmat uchun xorijlik sayyohdan 16 ming rubl talab qildi. Bu haqida 9-mart kuni shahar IIV bosh boshqarmasi saytida xabar berildi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 8-mart kuni xorijlik sayyoh Qishki saroydan Start ko‘chasidagi mehmonxonagacha BMW rusumli taksiga o‘tirgan. Sayohat nihoyasiga yetgach, haydovchi unga 16 ming rubl hisobni talab qilgan. Taksi haydovchisi yo‘lovchini avtomobilda bloklab qo‘ygan va talab qilingan summa to‘lanmagunga qadar uni qo‘yib yubormagan. IIV boshqarmasida ta'kidlanishicha, haydovchi pullarni qo‘lga kiritgach, unga kvitansiyani uzatgan.
Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Qishki saroydan Start ko‘chasigacha bo‘lgan masofa 17,5 kilometrni tashkil qiladi, avtomobilda bu masofani 30-40 daqiqada bosib o‘tish mumkin. Uber taksi servisi kunduzgi mahal bunday masofa uchun 600 rubl dastlabki qiymatni belgilaydi, RuTaxi servisi esa - 485 rubl.
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

18:11 / 02.04.2025
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

15:08 / 24.03.2025