"Havo orqali ruxsat bo‘lmasa, quruqlik orqali": turk vaziri Niderlandiyaga quruqlikdagi transport bilan yetib olmoqchi

Turkiyaning oila ishlari bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayon Kayya Niderlandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagandan keyin, bu mamlakatga quruqlikdagi transport bilan yetib olmoqchi. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Kayya Germaniyada safarda. Endi vazir Niderlandiyada uning ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinganiga qaramasdan, u yerga yo‘l olmoqchi.
Mavlud Chovusho‘g‘lu 11 mart kuni Niderlandiyaning Rotterdam shahrida turk jamoasi namoyishida ishtirok etib, ikki fuqarolikka ega turklarni Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqchi edi. Turkiyada boshqaruvning parlament shaklidan prezidentlik shakliga o‘tishni ko‘zda tutuvchi konstitutsiyaga o‘zgarishlar bo‘yicha referendum 16 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Rotterdam meri Niderlandiya hukumati Chovusho‘g‘luga namoyishda ishtirok etishga ruxsat bermasligini aytganiga qaramasdan, turk vaziri baribir Rotterdamga borishini va agar niderlandlar unga qarshilik ko‘rsatsalar, sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgandi. Shundan keyin Niderlandiya hukumati Chovusho‘g‘lu samolyotiga mamlakatga qo‘nishga ruxsat bermagan.
Mavzuga oid

09:50 / 14.06.2025
Niderlandiya YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga tayyor

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti

11:05 / 10.05.2025