O‘zbekistonda Koreya kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin

Joriy yilning 6 mart kuni “Navoiy” EIZda Koreyaning jahon darajasidagi kosmetika mahsuloti ishlab chiqaruvchi “DaejinChemical” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida iqtisodiy zona hududida “DaejinChemical” tomonidan xorijiy investitsiyalar kiritilgan holda kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihani joylashtirish imkoniyati muhokama qilindi. Sarmoyador bir qator kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha “DaejinChemical” va “Navoiy” EIZ direksiyasi o‘rtasida loyihani amalga oshirish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025