Yaponiyada Mudofaa vazirining iste'fosini talab qilishmoqda
Yaponiyadagi asosiy muxolif partiyasi bo‘lmish Demokratik partiya mamlakat mudofaa vaziri Tomomi Inadaning zudlik bilan iste'foga chiqishini talab qilmoqda. Bu haqda partiyaning siyosiy kengashi rahbari Oguti Xirosi ma'lum qilgan.
"Biz uning iste'foga chiqishini talab qilamiz. U mamlakat mudofaa vaziri bo‘lishga loyiq emas", deya qayd etgan u.
Tomomi Inada "Moritomo gakuen" tashkiloti maktab uchun arzonlashtirilgan narxda yer maydoni sotib olishi bo‘yicha boshlangan mojaroga aralashib qoldi. U 2004 yilda ushbu tashkilotga yuridik xizmat ko‘rsatgani uchun gumon ostiga olingan. O‘sha vaqtda Inada siyosatchi bo‘lmagan, advokat sifatida ishlagandi. Uning o‘zi 2004 yilda ushbu kompaniya manfaatlarini sudda himoya qilgani haqida aniq eslay olmasligini bildirgan.
Yuzaga kelgan mojaroga Osaka prefekturasidagi Toyonaka shaharchasi hududida joylashgan 8770 kv m maydon sabab bo‘lib, tashkilot ushbu maydonni shu yil aprelida xususiy maktab qurish uchun sotib olgan. Bu maydon 956 mln iyenaga (8,37 mln dollar) baholangan, ammo kompaniya uni 134 mln iyena evaziga (1,18 mln dollar) qo‘lga kiritgan.
Avvaliga ushbu hudud 10 yil muhlatga ijaraga olishi nazarda tutilgan, ammo hudud ifloslangani va bu muammoni hal etish uchun 800 mln iyena sarflash kerakligi ma'lum bo‘ldi. Shu shart bilan "Moritomo gakuen" yerni arzon narxda qo‘lga kiritgani aytilgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening rafiqasi Akie Abe ham bu mojaroga aralashgan. U avvaliga ushbu maydonda quriladigan maktabning faxriy direktori bo‘lishi nazarda tutilgandi, ammo u keyinroq bu lavozimni rad qilgan. Yaponiya hukumati "Moritomo gakuen" bilan qandaydir aloqadorligi ehtimolini butunlar inkor etmoqda.
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

16:41 / 01.02.2025