Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Ukraina o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning Turkiyaga tashrifi vaqtida ikki davlat o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro tashriflari shartlari haqidagi kelishuv va ta'lim sohasida hamkorlik hakidagi memorandum imzolandi.
Hujjatlarning imzolanishi Ukraina va Turkiya bosh vaziri Vladimir Groysman va Binali Yildirim ishtirokida Anqaradagi "Chankaya" saroyida bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolarning o‘zaro tashriflari shartlari haqidagi kelishuv kontaktsiz elektron tashuvchiga ega pasport egalari bo‘lgan Ukraina va Turkiya fuqarolari viza olmagan holda ikki davlat hududiga kirishlari, chiqishlari, ular orqali o‘tishlari va bu davlatlar hududlarida 90 kundan 180 kungacha qolishlari mumkinligini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, Ukraina ta'lim va fan vaziri Liliya Grinevich va Turkiya oliy ta'limi kengashi raisi Yekta Sarach tomondan ta'lim sohasida hamkorlik haqidagi memorandum imzolangan.
Mavzuga oid

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49 / 02.08.2025
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56 / 02.08.2025
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32 / 02.08.2025