Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya va O‘zbekiston strategik hamkorlar ekanini qayd etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Tabrik matni Kreml saytiga joylashtirilgan.
«Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul eting. Keyingi yillarda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Mazmunli siyosiy muloqotimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilishda samarali hamkorlik qilmoqda», — deyilgan tabrikda.
U birgalikda qilingan sa'y-harakatlar Rossiya va O‘zbekistonning do‘stona xalqlari manfaatlari yo‘lida hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa – baxt va farovonlik tilagan.
Mavzuga oid

00:04 / 27.03.2019
Ilhom Ne'matov Moskvada O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligi mavzusini muhokama qildi

21:00 / 30.11.2017
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya strategik hamkorligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

20:25 / 28.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik yanada kengaytiriladi

17:33 / 29.11.2016