“Ajal musiqasiga o‘zbek yoshlari o‘ynamaydi!”

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Guliston shahar Kengashi tashabbusi bilan 29 mart kuni “ommaviy madaniyatning” salbiy oqibatlari, jumladan keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib boruvchi o‘yin ko‘rinishidagi “KO‘K KIT” haqida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “KO‘K KIT” va shu kabi o‘z joniga qasd qilishga majburlovchi guruhlarning kelib chiqishi, qanday tarqalganligi, qanday qilib ishtirokchi o‘z joniga qasd qilishgacha borib yetishining psixologik jarayonlari, yoshlarning bunday holatga tushib qolmasliklari uchun yana qanday chora-tadbirlar ko‘rish mumkinligi haqida fikr mulohazalar taklif-tavsiyalar o‘rtaga tashlandi. Bu borada kuzatuvlar, psixologik holatni aniqlab beruvchi testlar o‘tkazish, tashkil etilayotgan reydlar soni va sifatini ko‘paytirishni shakllantirish, ayniqsa ota-onalar bilan hamkorlik samarali deb ta'kidlandi.
Davra suhbatida bildirilgan mulohazalar natijasida shu kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mavzuga oid

19:39 / 15.04.2025
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

08:38 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?

11:33 / 17.04.2024