Video: O‘g‘ri o‘g‘irlik qilganidan so‘ng tasodifan politsiya bo‘linmasiga kirib qoldi

Xitoyda o‘g‘ri o‘g‘irlik qilganidan keyin qochish paytida tasodifan politsiya bo‘linmasiga kirib qoldi. Shenchjen shahridagi kameralardan olingan videotasvirlarda erkak svetoforning yashil chirog‘ini kutayotgan ayoldan mobil telefonini o‘margani tasvirlangan. O‘g‘ri qochishga tushdi, biroq yo‘lning qatnov qismidan chopib o‘tib, politsiya bo‘linmasi hududiga kirib qolgan. Erkak qayerga chopib kirganini tushungach, to‘xtab qoldi, shundan so‘ng uni huquq-tartibot idorasi xodimlari qo‘lga oldi.
Politsiyaning Kong ismli zobiti aytishicha, o‘g‘ri bo‘linmaga chopib kirganida, u butunlay tushkun kayfiyatga tushib qolgan. Huquqni muhofaza qilish idorasi vakilining ta'kidlashicha, odatda jinoyatchilar juda ayyor bo‘lishadi, biroq “u o‘g‘irlikdan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri politsiya bo‘linmasiga chopib keldi”.

Mavzuga oid

18:26 / 09.06.2025
Xitoydagi muhim imtihonlar paytida sun’iy intellekt ilovalari o‘chirib qo‘yildi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025