2050 yilga borib Yer yuzidagi eng sho‘r suv havzasi butunlay yo‘qolib ketishi mumkin

Sayyoraning eng quyi nuqtasida, o‘ta quruq hududda joylashgan O‘lik dengizi - Yer yuzidagi eng sho‘r suv havzalaridan biri - muayyan geologik davrlar davomida mintaqada iqlimning o‘zgarishini qayd etdi. The Jerusalem Post shu haqidagi maqolasini taqdim etdi.
"O‘lik dengizidagi gidrologik va kimyoviy o‘zgarishlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor", - deyiladi manbada Negev sahrosidagi David Ben-Gurion nomidagi Universitet ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga asoslanib.
Manbaga ko‘ra, suv havzasi "geologik davrlar mobaynida mintaqadagi o‘zgarishlarni qayd etgan, ya'ni nam havoda ko‘ldagi suv darajasi ko‘tarilgan, qurg‘oqchilikda esa kamaygan". Biroq yaqin-yaqingacha dengizning kimyoviy tarkibi va hududdagi iqlimning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga muvaffaq bo‘linmagandi.
Yangi tadqiqot davomida asosiy e'tibor o‘tmishdagi iqlim sharoitlariga oid ma'lumotlarni tiklashga qaratildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqlimning global o‘zgarishi O‘lik dengizining kimyoviy tarkibiga ham ta'sir ko‘rsatib, uning o‘zgarishini qayd etmoqda.
Haaretz gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘lik dengizidagi suv sathining pasayish sur'ati tezlashmoqda. Shuningdek yaqin 20 yil ichida uning yana 25 metrga pasayishi taxmin qilinmoqda. "Agar zarur choralar ko‘rilmasa, 2050 yilga borib, Yer yuzidagi eng sho‘r suv havzasi butunlay yo‘qolib ketishi mumkin", - deyiladi manbada.
Mavzuga oid

08:04 / 11.06.2025
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

21:59 / 10.05.2025