Toshkentda navbatdagi “soxta” militsioner qo‘lga olindi
2017 yil 17 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan Qibray tumaniga o‘tadigan “Qoramurt” blok-postida xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlar tomonidan Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan fuqaroga tegishli Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Haydovchi o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i Bo‘ronov deb tanishtirgan va xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan.
Surishtiruv jarayonida ushbu guvohnoma qalbakilashtirilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi ya'ni rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va undan foydalanish jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bo‘ronovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning matbuot brifingida aytishicha, mazkur fuqaro o‘zidagi soxta guvohnomadan foydalangan holda turli jinoyatlarni, firibgarliklarni amalga oshirgan bo‘lishi ehtimol. Shu sababli, quyidagi suratdagi shaxsdan aziyat chekkan, jabrlangan, aldovga uchganlar bo‘lsa, 102 qisqa raqami orqali telefon qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Mavzuga oid

22:36 / 14.05.2025
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025