Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga. 7-turda eng ko‘p va kam muxlis tashrif buyurgan o‘yinlar ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston chempionatining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar soni aniq bo‘ldi.
PFL rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, 7-turda eng ko‘p tomoshabin Namangandagi markaziy stadiondagi
«Navbahor» va «Sho‘rtan» jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan bo‘lib, muxlislar soni 12705 nafarni tashqil qilgan. Shuningdek, «Buxoro» – «Mash'al» uchrashuvini (2:2) 10572 tomoshabin bevosita kuzatib borgan. Qo‘qondagi o‘yinga esa 8600dan ziyodroq tomoshabinlar kelgan.
Eng kam tashrif Toshkent jamoalari uyida kuzatilishda davom etmoqda. 7-turda «Bunyodkor» va «Dinamo» jamoalari uchrashuviga bor-yo‘g‘i 705 nafar muxlis kelgan.
Jami bo‘lib 7-tur uchrashuvlarini 41641 tomoshabin kuzatib borgan. Bu o‘rtacha har o‘yinga 5 205 nafar muxlis tashrif buyurganini anglatadi.
Oliy liga. 7-turga tashrif buyurgan muxlislar
«Navbahor» – «Sho‘rtan» – 1:0. 12705 tomoshabin.
«Buxoro» – «Mash'al» – 2:2. 10572 tomoshabin.
«Qo‘qon-1912» – «Metallurg» – 3:0. 8628 tomoshabin.
«So‘g‘diyona» – «Neftchi» – 0:1. 3351 tomoshabin.
«Olmaliq» – «Qizilqum» – 0:0. 2201 tomoshabin.
«Nasaf» – «Obod» – 1:0. 2121 tomoshabin.
«Paxtakor» – «Lokomotiv» – 1:2. 1358 tomoshabin.
«Bunyodkor» – «Dinamo» – 1:1. 705 tomoshabin.
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

08:00 / 09.09.2024