AQSh Shimoliy Koreyaga qachon zarba berishi mumkinligi aytildi

Foto: Spencer Platt/Getty Images
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli amerikalik harbiylar KXDRga zarba berishi mumkinligini istisno etmadi. Bu holat Pxenyan ballistik raketalar sinovini davom ettirsa yuz beradi.
"Biz, u (Kim Chen In – tah.) bizga harakatlar uchun sabab bermaguniga qadar hech narsa qilmaymiz. Agarda siz, u harbiy bazaga hujum qilganini, yoki qandaydir qit'alararo ballistik raketa uchirilganini ko‘rsangiz, albatta, buni amalga oshiramiz", - deya aytib o‘tdi Xeyli NBC telekanali efirida AQSh KXDRga ogohlantiruvchi zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi savolga javob qaytarib.
Shuningdek uning aniqlik kiritishicha, yakuniy qaror AQSh prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Shu bilan birga, diplomatning qayd etishicha, Vashington Pxenyan bilan urush uchun bahona qidirayotgani yo‘q va xalqaro hamjamiyat bilan Shimoliy Koreya masalasi bo‘yicha hamkorlik qilish tarafdori.
Xeyli AQShning Xitoy bilan o‘zaro aloqalari juda muhim ekanini alohida ta'kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat Shimoliy Koreya hukumatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27 / 29.04.2025