Andijon viloyati hokimi hududdagi 83 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda mehnat faxriylarini yo‘qlab bordi

“Xotira va qadrlash kun” oldidan Andijon viloyatining barcha tumanlarida katta tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. Joylarda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbirlarda ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yurtdoshlarimizga ehtirom ko‘rsatilib, urush ortida xizmat qilgan insonlar hamda mehnat faxriylari holidan xabar olinayotir.
Uch kun davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha tumanlarda bo‘lib, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda el ardog‘idagi insonlarga Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq bir martalik mukofot pullari hamda navbatsiz beriladigan avtomashinalarning kalitlarini topshirdi.
Mashvaratlarda tashkil etilgan dasturxon atrofida Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar, badiiy kompozitsiyalar namoyish qilindi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025