Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Joriy yilning 25 aprel kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Jizzax shahar hokimi Abduqahhor To‘xtayev o‘z vazifasidan ozod etildi.
Jizzax shahar hokimi etib Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rahmonqulov Akrom Baxritdinovich tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax shahrining avvalgi hokimi A.To‘xtayev Toshkent shahri Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi.
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025