Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berluskoni o‘z uyida yiqilib tushdi va boshidan jarohat oldi

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Portofino kurort shahridagi o‘z uyida yiqilib tushdi. Buning oqibatida u boshidan jarohat oldi, deb xabar bermoqda Ansa.
Italiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa 29 aprelga o‘tar kechasi yuz bergan. 80 yoshli siyosatchi gilam chetiga qoqilib ketib, yiqilgan va boshidan jarohat olgan.
Berluskonining davolovchi shifokori Alberto Dzangrilloning aytishicha, gap uncha jiddiy bo‘lmagan jarohat haqida bormoqda. «Jiddiy hech narsa yo‘q», - deya ta'kidlab o‘tgan u.
Berluskoni Milan shahridagi xususiy klinikalardan biriga olib ketildi.
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

20:50 / 16.07.2025
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi

23:21 / 12.07.2025
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi

20:03 / 08.07.2025