Xitoy yangi turdagi raketa sinovini o‘tkazdi

Foto:AP Photo / Andy Wong
Xitoy mudofaa vazirligi 9 may kuni bir necha kun avval yangi turdagi raketa sinovini o‘tkazganini tasdiqladi.
"Raketa qo‘shinlari Boxay ko‘rfazida yillik rejali mashg‘ulotlar doirasida qurolli kuchlarning o‘z vazifalarini bajarishi va davlat xavfsizligiga tahdidlarga samarali javob qaytarishi maqsadida yangi turdagi raketa quroli sinovini o‘tkazdi", deb aytildi Xitoy mudofaa vazirligining jurnalistlarning sinov o‘tkazilganini tasdiqlash haqidagi iltimosiga chop etilgan izohida.
Ta'kidlanishicha, raketa sinovi "kutilgan natijaga" erishish bilan yakunlangan.
Boshqa tafsilotlar berilmagan.
Mavzuga oid

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

14:45 / 28.04.2025
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

00:46 / 28.04.2025