Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin otasi surati bilan "O‘lmas polk" yurishida ishtirok etdi

Foto: Konstantin Zavrajin/RG
9 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada o‘tayotgan "O‘lmas polk" yurishi ishtirokchilariga Qizil maydonda qo‘shildi va ular bilan birga Vasilevsk qiyaligigacha yurib o‘tdi. U so‘ngra yurish ishtirokchilari bilan xayrlashib, Spassk minorasi orqali Kremlga qarab ketgan. Putin yurishda otasi Vladimir Spiridonovich Putinning suratini olib o‘tdi.
Putin "O‘lmas polk" yurishida uchinchi marta ishtirok etmoqda. Uning otasi frontda NKVDning qo‘poruvchilik otryadida xizmat qilgan va operatsiyalardan birida jarohatlangan.
"O‘lmas polk" aksiyasi Rossiyada va boshqa davlatlarda G‘alaba kuni o‘tkaziladi. Bu aksiya davomida odamlar Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yaqinlarining suratlarini olib o‘tadilar. Birinchi marta bu aksiya Tomsk shahrida o‘tkazilgan. 2015 yilda ushbu aksiya davomida butun Rossiya bo‘ylab 12 mlnga yaqin odam ishtirok etgan. Shundan keyin "Rossiya o‘lmas polki" deb atalgan fuqarolik-vatanparvarlik jamoatchilik harakati tashkil etilgan.
Joriy yilda aksiya 10-marotaba o‘tkazildi. O‘tgan yili ushbu aksiya 50 ta davlatda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid

14:23 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan

08:51 / 04.08.2025
Putin yuz minglab qo‘riqchilarga qurol tarqatishni buyurdi

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

07:31 / 02.08.2025