Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro kongress boshlandi
15-16 may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida "O‘zbekistonning madaniy merosi - xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l" mavzuida xalqaro ilmiy-madaniy kongress bo‘lib o‘tmoqda.
Kongressda dunyoning 40dan ortiq mamlakatidan 140 nafar xorijiy ekspertlar, diplomatlar, olimlar, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishmoqda. Shuningdek, unda O‘zbekistonning 50dan ortiq ilm-fan namoyandalari hamda milliy va xorijlik OAV xodimlari qatnashmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosini o‘rganish, asrab-avaylashdir.
Kongressning birinchi kuni EOAVMA media-zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plarida" loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Edvard Rtveladze loyihaning ilmiy mazmuni haqida so‘zlab berdi.
Tadbir davomida xorijlik mehmonlar O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan va dunyoning turli mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan moddiy va badiiy madaniyatning noyob obektlariga bag‘ishlangan ma'ruzalar bilan chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, mehmonlar orasida dunyoning 18 mamlakatidan 14 professor, 23 fan doktori, 13 fan nomzodlari ham bor.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025