«Real» besh yillik tanaffusdan so‘ng chempionlik taxtiga qaytdi

Ispaniya La-ligasining 38-turidan o‘rin olgan ikki eng muhim uchrashuv yakunlandi. «Malaga» «Real»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Barsa» o‘z uyida «Eybar»ni qabul qildi.
Malagada kechgan uchrashuvda «Real» Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 93 ochko to‘pladi va 2012 yildan so‘ng ilk marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
«Barselona» esa «Eybar»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Lionel Messining dubli va Luis Suares va bitta avtogol Luis Enrikening so‘nggi uchrashuvida g‘alabani taqdim etdi, ammo bu chempionlik uchun yetarli bo‘lmadi.
Ispaniya La-ligasi, 38-tur
Malaga – Real Madrid 0:2 (0:1)
Gollar: Ronaldu (2), Benzema (55).
Malaga: Kameni, Vilyanueva, Rikka, Torres, Ernandes, Resio, Kamacho, Fornals, Keko (Chori Kastro, 60), Xoni Rodriges (Duda, 72), Sandro Ramires (Sharles, 69).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Isko (Xames, 66), Kazemiro (Kovachich, 66), Kroos, Modrich, Ronaldu, Benzema (Morata, 73).
Ogohlantirishlar: Kameni (56), Xoni Rodriges (57).
Barselona – Eybar 4:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 7 Inui, 0:2 – 61 Inui, 1:2 – 63, avtogol Junka, 2:2 – 73 Suares, 3:2 – 75, penalti Messi, 4:2 – 90 Messi.
Barselona: ter Stegen, Suares, Umtiti, Alba, Buskets, Marlon, Rakitich (Pako Alkaser, 71), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 46), Inesta, Neymar, Messi.
Eybar: Yoel, Arbilya, Junka, Kapa, Lejyen, Penya (Leon, 68), Eskalante (Rivera, 83), Dani Garsiya, Inui, Enrik (Galves, 76), Kike.
Ogohlantirishlar: Eskalante (19), Kapa (30), Buskets (41), Penya (54).
Chetlatish: Kapa (74).
Mavzuga oid

07:53 / 23.04.2025
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025