"Barselona" qatorasiga 3-yil Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi

Ispaniya kubogi finalida "Barselona" "Alaves"ga qarshi maydonga tushdi. "Visente Kalderon" stadionida kechgan o‘yin 3:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
30-daqiqada Messi hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Teo oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalaridagi Neymar hamda Alkaserning gollari "Barselona"ga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa "Barselona" qatorasiga 3 yil Ispaniya kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Barselona – Alaves 3:1
Gollar: 1:0 – 30 Messi, 1:1 – 33 Teo, 2:1 – 45 Neymar, 3:1 – 45 Pako Alkaser.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano (Andre Gomesh, 11), Rakitich (Aleish Vidal, 83), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Pako Alkaser.
Alaves – Pacheko, Eli, Feddal, Teo (Romero, 79), Vigaray, Markos Lorente, Femeniya, Manu Garsiya, Mendes (Kamarasa, 59), Ibai Gomes (Sobrino, 60), Deyverson.
Ogohlantirishlar: Mendes (16), Manu Garsiya (39), Umtiti (42), Eli (49), Sobrino (76), Messi (76), Inesta (76), Deyverson (88).
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025