MS-21 Rossiya eng yangi samolyotining birinchi parvozi (suratlar+video)
28 may kuni Irkutskda MS-21 yaqin-o‘rta magistral samolyotining sinov parvozi amalga oshirildi. Rossiya eng yangi samolyotining muvaffaqiyatli sinovi haqida vitse-premer Dmitriy Rogozin xabar berdi.
MS-21 — yangi avlod yo‘lovchi samolyotlari sirasiga mansub bo‘lib, u Airbus 320 va Boeing 737 bilan raqobatlasha oladi, shuningdek «Tu», «Yak» va «An» sovet samolyotlari o‘rnini bosa oladi. Yangi laynerlar 211 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi. Bu Rossiyaning yuqori sifatli mustahkam kompozit materiallardan ishlangan birinchi samolyotidir. Yangi laynerlarning ishlab chiqarilishi Rossiya aviakompaniyalariga o‘z parkini kengaytirish imkonini beradi. Ilk 50 samolyotni «Aeroflot» xarid qiladi.


Rossiyaning yuqori sifatli kompozit materiallaridan ishlangan MS-21 yo‘lovchi layneri Irkutskdagi qo‘nish chizig‘ida, 2017 yil 11 may

Rosssiyaning yangi MS-21 yo‘lovchi samolyoti Irkutsk aviatsiya zavodi aerodromida, 2017 yil 27 may

Rosssiyaning yangi MS-21 yo‘lovchi samolyoti Irkutsk aviatsiya zavodi aerodromida parvoz vaqtida, 2017 yil 27 may

Rosssiyaning yangi MS-21 yo‘lovchi samolyotining birinchi parvozi, 2017 yil 27 may

Rosssiyaning yangi MS-21 yo‘lovchi samolyotining birinchi parvozi, 2017 yil 27 may




Mavzuga oid

09:14
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

17:12 / 30.04.2025
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi

14:41 / 30.04.2025