Xitoyda dunyodagi eng murakkab va yirik megayo‘l qurildi

Xitoyning Sichuan viloyatidagi Chuntsin shahrida dunyodagi eng murakkab va yirik yo‘l o‘tkazgich ochildi. People's Daily Online nashrining yozishicha, u besh daraja va 20 ta estakadadan iborat, ular sakkizta yo‘nalishga bo‘linib ketgan.
Yo‘l o‘tkazgichni qurish 2009 yilda boshlangan bo‘lib, faqatgina endi yakunlandi. Mahalliy hukumat vakillari so‘zlariga ko‘ra, avtomobilchilarda to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash bilan muammolar yuzaga kelmaydi.
Hattoki haydovchi kerakli burilishni o‘tkazib yuborsa ham, u to‘g‘ri yo‘nalishga qayrilish uchun yana “500 metrdan bir kilometrga” qadar yurishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, hukumatning ma'lum qilishicha, yo‘l o‘tkazgichda navigatsiya tizimlari sinovdan o‘tkazildi. ular barcha yo‘nalishlarni to‘g‘ri ko‘rsatgan.
Yo‘l o‘tkazgichni qurish deyarli yakunlangan bo‘lsa ham, u kelasi yilga qadar ochilmasligi mumkin. Bu holat mahalliy aeroportdan tez yurar avtomagistral qurilguniga qadar ro‘y beradi.
Mavzuga oid

10:31 / 30.04.2025
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

07:40 / 29.04.2025