Hyperloop One Yevropaga kelmoqda

Hyperloop One kompaniyasi nafaqat AQShda, balki Yevropada ham yo‘lovchilarni juda tez manzilga yetkazuvchi treklarni barpo etishni rejalashtirmoqda. Yaqinda kompaniya loyihada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalarini e'lon qildi. Tanlovda Yevropaning qator shahar va mamlakatlari qatnashdi. Hyperloop One taklif etilgan yo‘nalishlardan 9tasini tanlab oldi. Yo‘nalishlarni tanlash jarayonida texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyati va iqtisodiy samaradorligi e'tiborga olingan. Shunday qilib qurilishning dastlabki loyihalari quyidagicha:
Korsika — Sardiniya (451 km);
Estoniya — Finlandiya (90 km);
Germaniya (1991 km);
Polsha (415 km);
Ispaniya — Marokash (629 km);
Niderlandiya (428 km);
Buyuk Britaniya: shimoldan janubga (666 km);
Buyuk Britaniya: shimoliy shaharlar orasida (545 km);
Buyuk Britaniya: Shotlandiya — Uels (1060 km).
Ta'kidlanishicha, Estoniya va Finlandiya, Ispaniya va Marokash o‘rtasidagi yo‘nalishlarning bir qismi suv ostidan o‘tishi ham qayd etilgan.
Bunda Hyperloop One maxsus tunnellarni barpo etishi kerak bo‘ladi. Biroq, ekspertlar kompaniya bu borada qator muammolarga duch kelishi mumkinligini aytmoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rahbariyati ayni vaqtda yer usti Hyperloop tarmog‘i haqida bosh qotirsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shundan keyingina, yer osti tunnellarini o‘ylash vaqti kelishi mumkin. Bu vaqtda Ilon Mask ham ancha tajriba orttirgan bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:57 / 20.04.2025
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

11:50 / 15.04.2025
FT: Yevropa qurol konserni qurolga bo‘lgan talabni qondira olmayapti

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

08:28 / 05.04.2025