Panamaning sobiq prezidenti AQShda hibsga olindi

Foto: AP
Panamaning sobiq prezidenti Rikardo Martinelli AQShning Mayami shahrida hibsga olindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Martinelli Panama oliy sudining murojaati bilan AQSh federal marshallari xizmati tomondan hibsga olingan. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Martinelli 2009 yildan 2014 yilgacha, ya'ni prezident bo‘lgan davrda 150 dan ko‘proq odam ortidan kuzatuv olib borishni tashkillashtirgani uchun Interpol tomondan xalqaro qidiruvga berilgandi.
Bundan tashqari, siyosatchi korrupsiyada ayblanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, 21 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Biroq Martinelli avvalroq ma'lum qilganidek, u siyosiy ta'qib qurboniga aylangan. Martinelli Panamani 2015 yilda tark etgan.
Mavzuga oid

22:02 / 12.05.2025
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

13:31 / 12.05.2025
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

13:27 / 12.05.2025
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

13:15 / 12.05.2025