Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya IShID xavfi tufayli mintaqa havo hududini patrullashni taklif qildi
Malayziya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) bo‘yicha hamkorlariga terrorchilik xavfiga qarshi kurashish maqsadida mintaqa havo hududini birgalikda patrullashni boshlashni taklif qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Hishomuddin Husaynga iqtibos keltirgan holda The Straits Times nashri xabar bermoqda.
"Biz bu yerga IShID jangarilarini keltirmaslik uchun barcha ishni qilishimiz kerak. Yaqin vaqtda biz Sulu va Sulavesi dengizlarini patrullashni boshlaymiz", deb aytgan Husayn.
Malayziya Indoneziya va Filippin bilan birga dengizni patrullashni 19 iyundan boshlamoqchi. Patrullashning asosiy vazifasi tijorat kemalariga hujum qilish holatlari oldini olish va Filippinning janubiy hududlaridan terrorchilarning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ladi. Husaynning aytishicha, so‘ngra havoni patrullashni boshlash mumkin.
"Agar vaziyatni nazoratga olmasa, unda nafaqat ASeAN mintaqasi, balki ba'zi qo‘shni davlatlar, masalan, Avstraliya, Xitoy va Yangi Zelandiya jabr ko‘rishi mumkin", deb qo‘shimcha qildi vazir.
Indoneziya va Malayziya qurolli kuchlari va huquq-tartibot idoralari Filippindagi qo‘shni hududlarda IShID bilan bog‘langan "Maute" terrorchilik guruhi jangarilari bilan Filippin hukumat kuchlari o‘rtasida yuz kechgan to‘qnashuvlardan keyin yuqori jangovar holatga keltirilgandi.
ASeAN tarkibiga Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin kiradi.
Mavzuga oid

16:57 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

12:03 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37 / 12.07.2025