Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh vaziri Aripov Dmitriy Medvedev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya hukumati portali xabar berdi.
Suhbat davomida Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev ikki davlatning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarishi bo‘yicha qo‘shma ishlarni muhokama etishdi.
Shuningdek, Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziriga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisini tayinlash qarori to‘g‘risida xabar berdi. Bu lavozimni Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov egallaydi. Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Hukumatlararo komissiyaning O‘zbekiston tomonidan hamraisi hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:18 / 02.08.2025
Tramp: «Medvedevga aytinglar, tilini tiyib yursin»

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

19:09 / 31.07.2025
Tramp va Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qoldi

07:34 / 26.06.2025