Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston: To‘xtagul GES rekonstruksiyasi - qo‘shnilar tinch uxlashi uchun

Qirg‘izistondagi To‘xtagul GESi rekonstruksiyasi - qo‘shni davlatlar aholisi tinch uxlashi uchun ham zarurdir. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti apparati rahbari Sapar Isakov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat mamlakat kelajagi energetikaga bog‘liq ekanini chuqur tushunadi.
«Bu soha bizga ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. Hozirda hal etilishi zarur bo‘lgan ba'zi muammolar mavjud. Energokompaniyalar xarajatlarini optimizatsiyalash ishlari davom etmoqda. Texnologik o‘zgarishlar boshlangan. Biz To‘xtagul GES rekonstruksiyasidan keyin 240 MVt quvvatli energiyaga ega bo‘lmoqchimiz. Maqsadimiz qo‘shnilarimiz xotirjam uxlashi uchun stansiya xavfsiz ishlashiga erishishdir», — degan Sapar Isakov.
U investorlar bilan Qambarota GES-2 va Yuqori Norin kaskadida ikkinchi gidroagregatlarni qurish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma'lum qilgan.
Qirg‘izistondagi To‘xtagul GESi rekonstruksiyasining 2-bosqichi 450 mln dollarga aylanadi
Mavzuga oid

10:52 / 11.07.2025
Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi

17:15 / 02.11.2024
Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi

13:10 / 18.07.2024
Temur Malik ko‘chasi salkam 200 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilinmoqda

16:17 / 20.11.2023