Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkent ko‘chalarida «Yamal» vezdexodi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Toshkent ko‘chalarida vezdexodni (har qanday yo‘lda yoki yo‘lsiz joylarda ham yura oladigan mashina) payqashdi.
Suratdagi transport vositasi UAZ Patriot avtomobillari negizida yaratilgan «Yamal» vezdexodi ekani aytilmoqda. Mashina eng chekka shimoliy hududlardagi ishlarga mo‘ljallab loyihalashtirilgan.
«O‘zbekistonda bunday vezdexodga talab bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar bormi? Bizda bunday botqoqliklar yo‘q-ku», - deya hayron qolgan foydalanuvchilardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Angrendan bo‘lib, ochiq tarzda ko‘mir qazib olinuvchi konda ishlagan. «Hatto o‘sha yerda ham ularga talab yo‘q. Oddiy Hunter va 4×4 uaziklar barcha ishni uddalab ketadi», - deya yozgan u.
Yana bir foydalanuvchining yozishicha, «yaqinda kimdir bu mashinani to‘yi sabab ijaraga olishi aniq».
Suratlar manbasi: Facebook/Voditeli Tashkenta
Mavzuga oid

20:16
Toshkentda svet o‘chmasligi uchun yana 1,8 trillion so‘m ajratiladi

12:54
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

22:00 / 08.08.2025
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi

19:08 / 05.08.2025