Jamiyat | 09:32 / 15.07.2017
3839
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi Disney parklarida "Yulduzlar jangi" pavilonlari ochiladi

Foto: AP

Amerikaning The Walt Disney Company konglomerati Kaliforiya va Florida shtatlaridagi ko‘ngilochar parklarida "Yulduzlar jangi" (Star Wars) kinofilmiga bag‘ishlangan pavilonlar tashkil etadi. Ularning maketi kompaniyaning Anaxeymdagi D23 ko‘rgazmasida namoyish etildi. 

Parklarda filmlarda namoyish etilgani kabi o‘zga sayyoralar mavzelari barpo etiladi. Ularda mavzularga doir do‘konllar, tamaddixonalar, turli ko‘ngilochar binolar paydo bo‘ladi. 

Rejaga ko‘ra, attraksionlar 2019 yilda foydalanishga topshiriladi. Ammo, ularning qanday nomlanishi ma'lum qilinmayapti. Ular Kaliforniya va Floridada bir xil bo‘ladimi-yo‘qmi, degan masala ham ochiq qolmoqda. 

D23 ko‘rgazmasidaa namoyish etilgan maket o‘lchami 16 metrga yaqin bo‘lib, har bir pavilon maydoni 50 ming kv.m.dan oshadi. "Bu ushbu ikki parkda amalga oshirmoqchi bo‘lgan eng yirik kengaytirishdir", - degan Disney loyihasi rahbarlaridan biri Skott Troubrij ABC telekanaliga bergan intervyusida. Uning aytishicha, kompaniyaning mazkur rejasi ustida 3 yildan beri ish olib borilmoqda. 

"Yulduzlar jangi" koinoti bo‘yicha maslahatchilar sifatida Lucasfilm kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ma'lumki, ushbu kompaniyani The Walt Disney Company 2012 yilda 4,05 mlrd dollar evaziga xarid qilgan edi. 

Mavzuga oid