Jizzax viloyati qutqaruvchilari fuqarolarga yordam ko‘rsatishdi

Foto: FVV
2017 yilning 13 iyul kuni soat 10:30 da Jizzax viloyat FVVga IIB navbatchilik qismidan ma'lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma'lumotga ko‘ra, Jizzax viloyati Jizzax shahar A.Temur mahallasidan o‘tuvchi Jizzax-G‘allaorol yo‘nalishida 2 ta “Neksiya” rusumli transport vositalari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida 2 nafar fuqaro yengil tan-jarohati olgan. Boshqarma qutqaruvchilari otryad komandiri boshchiligida YTH sodir bo‘lgan joyga yetib borib, fuqarolarni avtomobildan chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatishdi.
2017 yil 13 iyul soat 12:50 da Jizzax shaxrida yashovchi fuqaro Jizzax viloyati FVVga uyining temir eshigi yopilib qolganligi sababli ochish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Voqea joyiga navbatchi qism qutqaruvchilari yetib borgan va xonadonning eshigini ochishib, uy ichida qolgan bolani sog‘-salomat onasiga topshirdilar.
Mavzuga oid

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

11:45 / 14.04.2025