Hiyla-nayranglar qilgan Deutsche Bank va JPMorgan Chase 148 mln dollar tovon to‘laydi
Germaniyaning Deutsche Bank va Amerikaning JPMorgan Chase moliya muassasalari qator investorlar tomonidan sud da'vo arizalarini qaytarib olishlari uchun umumiy hisobda 148 mln dollar to‘laydi. Sarmoyadorlar ushbu moliya institutlarini banklararo stavkalarda hiyla qo‘llaganlikda ayblashmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, Deutsche Bank 77 mln, JPMorgan Chase 71 mln dollar to‘laydi. Kelishuv sudoldi mohiyatiga ega, shu sababli uni Manhetten federal sudi tasdiqlashi kerak.
Avvalroq, Amerikaning Citigroup moliya guruhi va Britaniyaning HSBC konglomerati ham barcha sud da'volarini bekor qilish uchun tegishli ravishda 23 mln va 35 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi.
Xabar qilinishicha, gap 2006-2010 yillarda LIBOR amaliyotidagi banklararo stavkalar hiylalar qo‘llangani haqida bormoqda. LIBOR amaliyotida banklar belgilangan stavkada joriy likvidlikni ta'minlash uchun bir-biriga kredit beradi. Bu kabi noqonuniy harakatlardan zarar ko‘rgan Amerika investitsiya firmalari 20 ga yaqin bank ustidan da'vo qilgan.
Mavzuga oid

08:26
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi

07:53
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55 / 25.04.2025