O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 mlrd dollardan oshdi

Foto: Flickr
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev O‘zA’ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikning muhim elementlaridan biri bo‘lgan savdo-iqtisodiy aloqalar jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Joriy yilning dastlabki besh oyida Rossiya statistikasi ma'lumotlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda va uning 18-majlisi shu yil 15 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Elchining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Rossiya investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan 900 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Rossiyada O‘zbekiston rezidentlari ishtirokida 500 korxona ishlab turibdi, yangi qo‘shma korxonalar tashkil qilinmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard dollardan oshgan.
Mavzuga oid

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

23:58 / 24.04.2025