Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning Sibirga safari: Baliq ovi va Baykalning ekologik holati haqida

Foto: © RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq va Sibir atrofiga qilgan safari davomida Baykal ko‘lida bo‘ldi.
Juma kuni ko‘lga tashrif buyurgan davlat rahbari bu joydagi ekologik vaziyat ayanchli holda ekanligini aytib o‘tgan. Shundan so‘ng, Putin ramziy ma'noda oq farel balig‘ini ko‘lga qo‘yib yubordi. Atrof-muhitni qayta tiklash maqsadida Baykalda baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun 50,000 mayda baliqlar suvga qo‘yildi.
Shuningdek, mahalliy aholining keyingi «prezidentlik saylovlarda ishtirok etishi»ni so‘rab murojaat qilganlarga Putin o‘ylab ko‘rishini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, u Janubiy Sibir tomon yo‘l olib, Blagoveshchensk va Ulan-Ude ma'muriy birliklaridagi vaziyat bilan tanishish uchun jo‘nab ketgan. Yo‘l-yo‘lakay davlat rahbari shimoliy taygalardan birida baliq ovlab, ikki soatlik urinishdan so‘ng shuka balig‘ini qarmoqqa ilintirdi.

Mavzuga oid

20:49 / 27.07.2025
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

18:58 / 27.07.2025
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi

23:31 / 25.07.2025