AQSh BMTni Parij kelishuvidan chiqishi haqida rasman xabardor etdi
AQSh Davlat departamenti BMTni mamlakat Parij iqlim kelishuvidan chiqish niyatida ekani haqida rasman xabardor etdi. Bu haqda idora saytida ma'lumot berildi.
Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Parij iqlim kelishuviga keyinchalik qaytishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
«1 iyun kuni prezident ma'lum qilganidek, u Parij kelishuviga qaytishi mumkin. Bu AQSh o‘z biznesi, ishchilari, xalqi va soliq to‘lovchilari uchun qulay bo‘lgan sharoitlarni ko‘rsa, ro‘y beradi», - deyiladi Davlat departamenti xabarida.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, AQSh iqlim o‘zgarishi muammosiga aloqador bo‘lgan xalqaro anjumanlar va muhokamalarda bundan keyin ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid

21:33
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

20:19
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

17:10